kompaniyamiz to'g'risida ikki og'iz so'z!
Kompaniyamiz haqida
Bizning kompaniya 2021 yilda tashkil topgan.
G-TEST MChJ ning Test laboratoriyasi Oʻzbekiston Akkreditatsiya markazi tomonidan baholashdan muvaffaqiyatli o‘tib, 2022-yil noyabr oyida O'z DSt ISO/IEC 17025:2019 xalqaro standarti talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan.
Laboratoriyadan keyin, G-TEST MChJ qoshidagi mahsulotlarni sertifikatlash organi BM-SERT baholashdan o‘tdi. Baholash natijalariga ko‘ra, sertifikatlash organi O'z DSt ISO/IEC 17065:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan va 2023-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiya tizimining Reyestriga kiritilgan.
Sertifikatlash organi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-martida 1458-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga muvofiq mahsulotlarni sertifikatlashni amalga oshiradi.
Shuningdek, kompaniyamiz mahsulot va jarayonlarning sifat nazorati, normativ-texnik hujjatlarni, jumladan, sinov metodikalarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.