Обратный звонок
Мы предлагаем:
Чтобы оставить заявку, пожалуйста, заполните свои контактные данные
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Строка ввода:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Uy/Biz haqimizda/Xolislik siyosati

Xolislik siyosati

G-TEST MChJ rahbariyati va xodimlari, jumladan BM-Sert mahsulotlarni sertifikatlash organi (keyingi o‘rinlarda – Kompaniya), muvofiqlikni baholash faoliyatini amalga oshirishda xolislikning muhimligini anglashini ommaga ochiq tarzda ma’lum qiladi, manfaatlar to‘qnashuvini boshqaradi va muvofiqlikni baholash faoliyatining obyektivligini ta’minlaydi. Xolislikni ta’minlash maqsadida G-TEST MChJ quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

  • Mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha faoliyatimizni xolis ravishda amalga oshirish;
  • Mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash faoliyatida xolislikni ta'minlash uchun javobgar bo‘lish va xolislikni xavf ostiga qo‘yadigan har qanday tijorat, moliyaviy yoki boshqa bosimlarni oldini olish;
  • Xolislikka xavf tug'diruvchi omillarni muntazam ravishda aniqlash. Xolislikka xavf tug'diruvchi omillar aniqlangan taqdirda, ushbu xavfni minimal darajaga tushirish;
  • Muvofiqlikni baholash va unga bog‘liq maslahat xizmatlarini bir xil buyurtmachining bir xil muvofiqlik baholash obyekti bo‘yicha taklif qilmaslik yoki taqdim etmaslik, chunki bu xolislik uchun qabul qilib bo‘lmaydigan xavf tug‘diradi. Mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash faoliyati bilan birgalikda bevosita yoki bilvosita xolislik uchun qabul qilib bo‘lmaydigan xavf tug‘diradigan xizmatlarni taqdim etmaslik;
  • Agar konsultatsion xizmatlar ko'rsatuvchi va sertifikatlash organi o'rtasidagi munosabatlar sertifikatlash organi uchun qabul qilib bo'lmaydigan xolislikka tahdid tug'diradigan bo'lsa, bu holda organ, muvofiqlikni baholash obyekti bo'yicha bir xil buyurtmachiga bog'liq maslahat xizmatlarini qabul qilgan mijozlarga mahsulotning muvofiqligini tasdiqlash xizmatlarini taqdim etmaslik majburiyatini oladi. Mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnomalar va kelishuvlarda tomonlarning xolislikni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini hisobga olish;
  • Kompaniya tuzilmasini xolislikni kafolatlaydigan tarzda aniqlash va boshqarish. Quyidagi harakatlar uchun manfaatdor tomonlarni muvozanatli jalb qilish mexanizmini yaratish: Xolislikka tegishli tamoyillar va siyosatni ishlab chiqish; Tijoriy yoki boshqa omillarning mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash sohasidagi faoliyatni bir-biriga zid kelishiga va obyektiv bajarilishiga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik; Mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash faoliyatidagi xolislikka ta'sir qiluvchi masalalar, jumladan jamoatchilik fikri bo‘yicha maslahatlar berish.
  • Korporativ siyosatni shunday belgilash kerakki, faoliyatga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan kompaniyaning barcha xodimlari, ichki yoki tashqi bo'lishidan qat'iy nazar,  ishlarni xolislik bilan amalga oshirsinlar.
  • Buyurtmachi (arizachi) muvofiqlikni tasdiqlash obyekti bo‘yicha maslahat xizmatlaridan foydalangan yollanma xodimlarni yoki xizmat ko'rsatuvchilarni o‘sha muvofiqlikni tasdiqlash obyekti bo‘yicha muvofiqlikni tasdiqlash ishlarini bajarishga jalb qilmaslik.
Biz bilan o'zingizga qulay usulda bog‘laning!
Bizning kontaktlarimiz:
Loyihani muhokama qilishni xohlaysizmi yoki saytda kerakli ma'lumotni topa olmadingizmi? Buning uchun shunchaki savolnoma formasini to'ldirib jo'nating va yaqin vaqt mobaynida siz bilan bog'lanamiz.
Bizning manzil:
100074, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, M. Ashrafiy ko‘chasi, 106
/
4
/
4
Оставить заявку
Чтобы оставить заявку, пожалуйста, заполните свои контактные данные
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Строка ввода:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
E-mail:*
Ushbu qator to'ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена